Savollar

Savollarga javob

Sayohat oldidan ko'p beriladigan savollarga qisqa javoblar.

Veltro turoperatormi yoki turagentlikmi?

Biz sayohat agentligimiz. Turlar, aviachiptalar, mehmonxonalar, transferlar va ekskursiyalarni tanlash hamda bron qilishda yordam beramiz.

Qancha oldin rejalash kerak?

Imkon qadar 1-3 oy oldin murojaat qilgan yaxshi. Shunda reys va mehmonxona tanlovi ko'proq bo'ladi.

Saytdagi turlarni o'zgartirsa bo'ladimi?

Ha. Sana, kunlar soni, mehmonxona darajasi, ekskursiya va byudjetni sizga moslab beramiz.

Narxga nima kiradi?

Bu tanlangan turga bog'liq. Odatda mehmonxona, transfer, ekskursiya va gid kiritilishi mumkin. Reys va viza shartlari alohida ko'rsatiladi.

Qaysi tillarda ishlaysiz?

O'zbek, rus va ingliz tillarida maslahat beramiz va safar tafsilotlarini tushuntiramiz.

To'lov qanday?

Avval tur va narx tasdiqlanadi. Keyin to'lov tartibi, muddatlar va kerakli hujjatlar aniq aytiladi.

Qayerga borishni, qachon uchishni va qancha byudjet ajratishni yozing. Mutaxassisimiz sizga mos variantlarni tushuntirib beradi.

Sayohat so'rash